JIDUda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

JIDUda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    JIDUda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    JIDUda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    2026-yil 28-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik yo‘nalishdagi tadbir tashkil etildi.

    Tadbir “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusuiga bag‘ishlanib, unda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamiyatda barqarorlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni targ‘ib qilish, shuningdek, turli yot g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbirda Din ishlari qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi Qayumov Abdug‘affor Asatullayevich asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. Mutaxassis tomonidan ishtirokchilarga tinchlik va osoyishtalikning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, diniy bag‘rikenglikning ahamiyati, yoshlarni turli zararli va yot g‘oyalar ta’siridan asrash, axborot makonidagi turli buzg‘unchi mazmundagi materiallarga nisbatan tanqidiy va ongli munosabatni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

    Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berilib, mavjud muammolarni oldini olish va yoshlar bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini tizimli ravishda olib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

    Mazkur tadbir talaba-yoshlarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish, ularda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, turli mafkuraviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda sog‘lom dunyoqarashni rivojlantirishga qaratilgan profilaktik ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

    Tadbir yakunlari bo‘yicha universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida mazkur yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlarni muntazam davom ettirish, tinchlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini kuchaytirish belgilandi.