JIDU talabalari qatag‘on qurboni bo‘lgan millat ziyolilari xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasi talabalari va klinitsistlari milliy matbuotimiz hamda huquqshunoslik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan fidoyi ziyolilar — Sanjar Siddiq va Dilorom (Dinara) Yusupova xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy davra suhbatida ishtirok etdilar.

    Tashrif va muloqot tashabbusi JIDU Yuridik klinikasi direktori Z.S. Ubaydullayev tomonidan ilgari surildi.

    Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar adabiyot va matbuot fidoyisi Sanjar Siddiq, shuningdek, O‘zbekistonning ilk ayol huquqshunoslaridan biri Dilorom Yusupovaning hayoti va faoliyati, ularning millat ma’rifati va huquqshunoslik sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berdilar.

    Tadbir davomida talabalar qatag‘on yillarida ta’qibga uchragan millat ziyolilarining hayot yo‘li va jasorati bilan yaqindan tanishib, milliy xotira, tarixiy adolat va ajdodlar merosini asrab-avaylashning shaxsiy hamda kasbiy kamolotdagi ahamiyati haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

    Mazkur tashabbus JIDU Yuridik klinikasi nafaqat bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki milliy tarix, qadriyat va xotirani asrashga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ham muhim maskan ekanini yana bir bor namoyon etdi.