JIDUda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari uchun “karyera kuni” o‘tkazildi

JIDUda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari uchun “karyera kuni” o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari uchun “karyera kuni” o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari uchun “karyera kuni” o‘tkazildi

    Joriy yilning 22-may sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari va bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.

    Tadbir ochilish marosimida JIDU Raqamli transformatsiya va iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektor Djalalov Muzaffar yoshlar oldida mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishning kalit omillari haqida so‘zlab, fakultetning mazkur tadbirga ko‘rsatgan e’tiborini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Tadbir davomida 30 dan ziyod yuqori martabali tashkilot vakillari o‘z stendlarini tashkillashtirib, o‘zaro ochiq muloqot o‘tkazishdi. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Energetika vazirligi, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, FCS Experts, Bering Servis, Merit Chemicals, Deloitte & Touche Uzbekistan, Poytaxt Bank, Agrobank, Hamkorbank, Jizzax ADM Global, Apex Bank, Orient Finans Bank, Asakabank, Kafil sug‘urta Veolia energy hamda boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

    Stendlar ortida olib borilgan suhbatlarda talabalar real bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olib, o‘z nomzodlarini tavsiya etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    “Karyera kuni” doirasida tashkil etilgan kichik master-klasslar va treninglar yosh mutaxassislarning kommunikatsiya san’ati, muammolarni hal etish strategiyalari, yetakchilik fazilatlari va tarmoq qurish (networking) kabi ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

    O‘tkazilgan tadbir talabalar uchun mehnat bozoriga tayyorlik, professional aloqalar va amaliy tajriba almashish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Shuningdek, universitet va hamkor tashkilotlar o‘rtasida ta’lim va amaliyot dasturlarini yanada boyitishga doir memorandumlar imzolash masalalari muhokama qilindi. Shular bilan “Karyera kuni” nafaqat talabalarning kasbiy o‘sishiga, balki butun fakultetning hamkorlik salohiyatini oshirishga xizmat qildi.