
Diplomatik akademiya va JIDU vakillarining hamkorlikni mustahkamlash va akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijiy institutlarga tashrifi uyushtirildi
Diplomatik akademiya va JIDU vakillarining hamkorlikni mustahkamlash va akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijiy institutlarga tashrifi uyushtirildi

2025-yil 19-23-mayda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiya Finlyandiya va Estoniyaga tanishuv tashrifi bilan bordi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Xalqaro munosabatlar instituti, Davlat boshqaruvi instituti, Xelsinki universiteti, Martti Ahtisaari Tinchlik jamg‘armasi, Aleksanteri instituti vakillari, Estoniya tashqi ishlar vazirligi, Tallin Universiteti, Estoniya diplomatiya maktabi, Elektron boshqaruv akademiyasi va boshqa qator tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori hamkorligida diplomatlar va davlat xizmatchilarini tayyorlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropa oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari o‘rtasida akademik va ilmiy aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.