JIDU rektori xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi

JIDU rektori xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi

    JIDU rektori xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi

    JIDU rektori xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi

    Joriy yilning 18-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyevning xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish doirasida universitetga tashrif buyurgan xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

    Xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, xalqaro huquq va JIDU ixtisosligiga mos keladigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.

    Rektor ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarning kasbiy va ilmiy rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda xalqaro akademik hamkorlikning muhimligini ta’kidladi.

    Xorijlik o‘qituvchilar, o‘z navbatida, o‘z ta’lim muassasalaridagi ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va JIDU bilan kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar akademik aloqalarni yanada mustahkamlash va universitetning ta’lim hamda ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.