Forsiyzabon mamlakatlardagi davlatlararo marosimlarning o‘ziga xos jihatlari

Forsiyzabon mamlakatlardagi davlatlararo marosimlarning o‘ziga xos jihatlari

    Forsiyzabon mamlakatlardagi davlatlararo marosimlarning o‘ziga xos jihatlari

    Forsiyzabon mamlakatlardagi davlatlararo marosimlarning o‘ziga xos jihatlari

    Joriy yilning 27-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida Eron, Afg‘oniston va Tojikiston kabi mamlakatlar misolida diplomatik protokolning nozik qirralarini ochib beruvchi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tinglovchilar ushbu mamlakatlarning o‘ziga xos tarixiy-madaniy sharoitini inobatga olgan holda diplomatlar faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishdilar. Tadbir doirasida mazkur forsiyzabon mamlakatlarga xos protokol me’yorlari va etiket qoidalari qiyosiy tahlil qilindi.

    Mahorat darsi Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etilib, uni JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning malaka oshirish kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, eronshunos va afg‘onshunos olim Isroil Shamsimuhammedov olib bordi.

    Xalqaro huquq fakultetining 3-bosqich talabalari forsiy tilida so‘zlashuvchi mamlakatlardagi diplomatik protokol qoidalari, milliy an’analar va rasmiy muloqot uslubining madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir dasturi oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish, rasmiy marosimlarni o‘tkazishning asosiy jihatlarini hamda diplomatik muloqot standartlarini qamrab oldi. Protokolga to‘g‘ri rioya qilish uchun zarur bo‘lgan Eron, Afg‘oniston va Tojikistonning madaniy kodini anglashga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbirning yakuniy qismi munozaraga bag‘ishlandi va uning doirasida ishtirokchilar olingan bilimlarni mustahkamlab oldilar.