JIDU talabasi II Ozarbayjon-O‘zbekiston yoshlar forumida ishtirok etdi

JIDU talabasi II Ozarbayjon-O‘zbekiston yoshlar forumida ishtirok etdi

    JIDU talabasi II Ozarbayjon-O‘zbekiston yoshlar forumida ishtirok etdi

    JIDU talabasi II Ozarbayjon-O‘zbekiston yoshlar forumida ishtirok etdi

    Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida II Ozarbayjon-O‘zbekiston yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi a’zosi sifatida Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabasi Azizxon Saidov ishtirok etdi.

    Tadbirning ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vaziri Farid Gayibov, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Ashrafxonov, Ozarbayjon-O‘zbekiston parlamentlararo ishchi guruhi a’zosi va Milliy Assambleya deputati Gunay Afandiyeva kabi nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.

    Forum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda konstruktiv muloqot olib borishdi:

    - yoshlar siyosati bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik mexanizmini shakllantirish;

    - qo‘shma loyihalar va yoshlar tashabbuslarini institutsionallashtirish;

    - ikki davlatning yoshlar tashkilotlari o‘rtasida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish.

    Forumning keyingi qismi “Urbanizatsiya va yoshlar” va “Sun’iy intellekt va innovatsiya” mavzulari bo‘yicha interaktiv panel muhokamalari bilan davom etdi.

    Shuningdek, mazkur yoshlar almashinuv dasturi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi 7-10-noyabr kunlari Ozarbayjonning Sumgayit, Fuzuli, Shusha va Xonkandiga tashrif buyurib, turli tadbirlarda ishtirok etdi.