Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida “Rektor soati” tadbiri bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 16-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilari ishtirokida “Rektor soati” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S. Safoyev ishtirok etdi.

    Universitet rektori o‘z nutqida 1-bosqich o‘quvchilarini Akademik litseyga o‘qishga qabul qilinganliklari bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusidagi ta’lim jarayonida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash, o‘z intellektual salohiyatini muntazam rivojlantirish, mustaqil, tanqidiy va kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, jamoat hayotida faol ishtirok etish kabi muhim vazifalarni belgilab berdi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qaroriga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilida barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘zlashtirgan, fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan 10 nafar o‘quvchi universitet rektori tomonidan “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi bilan taqdirlandi.

    Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy-intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida barcha 1-bosqich o‘quvchilariga “Rektor sovg‘asi” sifatida kitoblar taqdim etildi.