JIDUda Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi deputatlari hamda talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

    Joriy yilning 15-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi deputatlari Peter Felser va Dr. Christoph Birghan tashrif buyurdilar.

    Tashrif doirasida nemis parlamenti vakillari JIDU talabalari bilan uchrashib, xalqaro munosabatlar, parlament diplomatiyasi, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aloqalar, shuningdek, zamonaviy siyosiy jarayonlar yuzasidan fikr almashdilar.

    Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, parlament faoliyati, xalqaro hamkorlik va siyosiy jarayonlarga oid masalalar yuzasidan bevosita suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar.

    Muloqot davomida yoshlarning xalqaro siyosatga bo‘lgan qiziqishi, zamonaviy diplomatiyaning o‘ziga xos jihatlari hamda parlamentlararo hamkorlikning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

    Mazkur uchrashuv JIDU talabalari uchun xalqaro siyosat va parlament diplomatiyasi bo‘yicha amaliy tajriba bilan tanishish, xorijiy parlament vakillari bilan bevosita muloqot qilish hamda zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid qarashlarini boyitish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

    Bunday uchrashuvlar talabalarning xalqaro maydondagi jarayonlarni chuqurroq anglashiga, professional dunyoqarashini kengaytirishiga va kelgusidagi diplomatik faoliyatiga zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.