JIDUda “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 29-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Yusupdjanovning tashabbusi bilan, Toshkent shahar Ichki Ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Xudoyberganov Qaxramon Pulatovich tomonidan “Xalqaro huquq” fakulteti  talabalariga “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

     Mahorat darsi davomida Q.Xudoyberganov talabalarga transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi sodir etiladigan jinoyatlarning turlari, ularning sabablari va oqibatlari, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi dolzarb masalalar, huquqiy normalarning qo‘llanilishi va amaliyotdagi muammolar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

    Ushbu mahorat darsi talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunga hurmat tuyg‘usini shakllantirish va kelajakda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.