
JIDU Postdoktorantura o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot stipendiya dasturi
JIDU Postdoktorantura o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot stipendiya dasturi

JIDU Postdoktorantura o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot stipendiya dasturi - bu Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va akademik faoliyatda ishtirok etish uchun PhD dasturi bitiruvchilarini (postdoktorantlarni) jalb etishga qaratilgan akademik dasturdir.
Mazkur dastur JIDUda akademik natijadorlik, ilmiy samaradorlikni va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida iqtidorli postdoktorantlarni o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va institutsional faoliyatga jalb etishni ko‘zda tutadi. Stipendiya dasturi yosh olimlarga dinamik akademik muhitgag munosib hissa qo‘shish, shu bilan birga o‘z akademik va kasbiy faoliyatini rivojlantirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Dastur maqsadlari
- Dasturning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- JIDUning akademik va ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash;
- Xalqaro akademik hamkorlik va almashinuvni rag‘batlantirish;
- Yosh tadqiqotchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
- Yuqori sifatli akademik tadqiqotlar, siyosiy tahlillar va ilmiy nashrlar faoliyatini rivojlantirish
- Universitetning institutsional taraqqiyoti hamda o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirishga ko‘maklashish.
Stipendiyani amalga oshirish muddati
• 10 oy: sentabrdan iyungacha (to‘liq bandlik, JIDUda bo‘lish, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi)
Ixtisoslik sohalari
Quyidagi akademik yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:
- Xalqaro huquq
- Xalqaro munosabatlar
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment
Stipendiya imtiyozlari va moliyaviy yordam
Tanlab olingan har bir ishtirokchiga quyidagilarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi:
· Oylik stipendiya: 1500 AQSH dollari
· Yashash joyi: kampusda turar joy ajratiladi
· Xalqaro aviaqatnov: Toshkent shahriga borish/kelish uchun ekonom-klass aviachiptalar
· Tibbiy sug‘urta: butun stipendiya davri uchun tibbiy sug‘urta
· Sertifikatlash: dastur muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng JIDU dasturining rasmiy sertifikati.
Eslatma: Dastur muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, JIDU stipendiya muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif qilishi mumkin.
Dastur ishtirokchilarining majburiyatlari
Stipendiatlar universitetning akademik missiyasini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan holda akademik, o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etishlari lozim.
1. Ta’lim berish va akademik qo‘llab-quvvatlash
· Bakalavriat va magistratura kurslarini o‘qitishda yordam berish
· O‘qituvchilarga quyidagilarda ko‘maklashish: ma’ruzalar tayyorlash, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
· Talabalarga ilmiy rahbarlik qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish
2. Akademik loyihalar va ilmiy tadqiqotlar
• Joriy va yangi boshlangan ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish
• Tegishli sohalarda mustaqil va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish
• Siyosat ishlab chiqishga yo‘naltirilgan amaliy tadqiqotlar va tahliliy faoliyat bilan shug‘ullanish.
• Akademik yozuvlar, ishchi maqolalar (working papers) va taqrizdan o‘tgan ilmiy nashrlar tayyorlashga hissa qo‘shish.
• Ilmiy konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etishga ko‘maklashish
Saralash mezonlari
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• Jahonning eng yaxshi 500 ta universitetiga kiruvchi oliy ta’lim muassasasida PhD darajasiga ega bo‘lish yoki hozirda eng yaxshi 500 ta universitetga aloqador bo‘lish;
• Xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar yoki xalqaro iqtisodiyot va menejment sohasiga ixtisoslashish;
• Nashrlar, konferensiyalardagi ma’ruzalar yoki grant loyihalarida ishtirok etish orqali tasdiqlangan yuqori akademik va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini namoyish etish;
• Ingliz tilini mukammal darajada bilish (yozma va og‘zaki);
• O‘qitish, ilmiy tadqiqotlar va institutsional faoliyatga yuqori motivatsiyani ko‘rsatish;
• Ko‘p madaniyatli akademik muhitda samarali ishlash qobiliyatini namoyish etish.
Ariza topshirish uchun zarur hujjatlar
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. Tarjimai hol (CV)
2. Motivatsiya xati (hajmi 1 000 tagacha so‘zdan iborat)
3. PhD diplomi va akademik ko‘chirma (transkript)
4. Bitta tavsiyanoma
5. Ilmiy nashrlar ro‘yxati
6. Dasturda ishtirok etish davrida ilmiy qiziqishlar, taklif etilayotgan tadqiqot loyihalari va kutilayotgan akademik hissa bayon etilgan 2-3 sahifali tadqiqot bayonoti (Research Statement)
Saralash tartibi
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish
2. Dastlabki tanlovdan o‘tgan nomzodlar bilan onlayn suhbat
3. JIDU stipendiatlarini tanlab olish bo‘yicha Komissiya tomonidan yakuniy qaror
Dastur natijalari va hisobotlari
Dastur yakunida stipendiatlar quyidagilarni taqdim etishlari shart:
• Akademik va o‘quv faoliyatini umumlashtiruvchi o‘qituvchilik faoliyati to‘g‘risidagi hisobot;
· Tadqiqot natijalari, nashrlar va amalga oshirilgan loyihalar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ilmiy-tadqiqot va loyiha faoliyati to‘g‘risidagi hisobot.
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 30-aprel
Arizalar quyidagi shakl orqali topshiriladi: https://forms.gle/PYYnBaU9iuRbYDr87
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro akademik hamkorlik ofisiga quyidagi manzil orqali murojaat qiling.: international@uwed.uz




