JIDUda “Thread Forward” ekologik mahorat darsi va aksiyasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Thread Forward” ekologik mahorat darsi va aksiyasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Thread Forward” ekologik mahorat darsi va aksiyasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Thread Forward” ekologik mahorat darsi va aksiyasi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi” doirasida BMTning 12-Barqaror rivojlanish maqsadi — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish”ga bag‘ishlangan “Thread Forward” ekologik-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

    Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi Mehribon Xasanova tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda to‘qimachilik chiqindilarini kamaytirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda yoshlar o‘rtasida mas’uliyatli iste’mol madaniyatini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Tadbir doirasida nazariy muhokamalar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirildi. Xususan, talabalar uchun tashkil etilgan mahorat darsida foydalanishdan chiqqan kiyimlardan bezak yostiqchalari tayyorlandi. Shu orqali ishtirokchilar upcycling — foydalanilgan buyumlarga yangi vazifa berish orqali ularning xizmat muddatini uzaytirish va chiqindilarni kamaytirish usullarini amalda o‘rgandilar.

    Tadbir yakunida ekologik mas’uliyatni oshirish va barqaror turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan fikr almashildi. Faol ishtirokchilar esdalik sertifikatlari bilan taqdirlandi.

    Mazkur tashabbus Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda talaba-yoshlarning amaliy ishtirokini kengaytirish, ekologik bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash hamda resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.