JIDU talabalari O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasida amaliyot o‘tamoqda

JIDU talabalari O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasida amaliyot o‘tamoqda

    JIDU talabalari O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasida amaliyot o‘tamoqda

    JIDU talabalari O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasida amaliyot o‘tamoqda

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari Mirjahon Fayzullayev va Shoxrux Saidov ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasida amaliyot o‘tamoqda.

    Amaliyot davomida talabalar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlar hamda diplomatik jarayonlarda ishtirok etib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

    Jumladan, ular Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 23–24 avgust kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi munosabati bilan Elchixonaning tashkiliy va axborot faoliyatiga ko‘maklashdilar.

    Mazkur tashrif ikki mamlakat munosabatlarida muhim tarixiy voqea bo‘lib, uning yakunlari Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, transport, ta’lim, madaniyat va hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuvlar bilan ahamiyatli bo‘ldi.

    Mirjahon Fayzullayev va Shoxrux Saidovning O‘zbekiston–Ozarbayjon munosabatlarining rivojlanish sur’atlari, tashrif yakunlari va ikki qardosh davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollariga bag‘ishlangan maqolasini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:

    https://www.uzembassy.az/news/941?language=uz