JIDUda “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari Markazi” (SDG HUB) tashkil etildi

JIDUda “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari Markazi” (SDG HUB) tashkil etildi

    JIDUda “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari Markazi” (SDG HUB) tashkil etildi

    JIDUda “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari Markazi” (SDG HUB) tashkil etildi

         Joriy yilning 18-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari Markazi” (SDG HUB) tashkil etildi. Ushbu tashabbus universitet akademik kengashining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, JIDU nizomi va BRM (Barqaror rivojlanish maqsadlari) tamoyillariga muvofiq yo‘lga qo‘yildi.

             Markazning tashkil etilishi zamirida BMT tomonidan belgilangan 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini yoshlar, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida ommalashtirish, ularni ilmiy, ijtimoiy va innovatsion faoliyatga jalb etish yotadi.

             SDG HUB quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:

    - BRM mavzusida seminar, trening va ilmiy anjumanlar tashkil etish;

    -Ijtimoiy va ekologik loyihalarni amalga oshirish;

    - BRM bo‘yicha ta’lim kurslari, master-klasslar ishlab chiqish;

    - Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish;

    - Talabalar o‘rtasida ijtimoiy faollik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish.

             Markazning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat: koordinator (rahbar), o‘rinbosar, maslahatchi, kotibiyat, tahlilchilar guruhi, moderatorlar va PR guruhi. Lavozimlarga saylov asosida talabalar orasidan faol nomzodlar tanlanadi.

             SDG HUBga a’zolik ixtiyoriy bo‘lib, talaba va xodimlar o‘z tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin. Markaz o‘z faoliyatini BMT, UNICEF, UNDP kabi xalqaro tashkilotlar, mahalliy NNTlar hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradi. Uning moliyaviy manbalari universitet resurslari, xalqaro grantlar va homiylik asosida shakllantiriladi.

             SDG HUB — bu JIDU talabalari uchun nafaqat ilmiy va akademik, balki ijtimoiy-innovatsion rivojlanish maydonidir. U talabalar tomonidan tashabbus ko‘rsatish, barqaror rivojlanish yo‘nalishida yetakchi bo‘lish va global maqsadlarga erishishga faol hissa qo‘shish imkoniyatini yaratadi.