
JIDUda talabalar startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
JIDUda talabalar startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

15-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-bosqich talabalari ishtirokida innovatsion g‘oyalar va startap loyihalar taqdimoti tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘z startap loyihalarini taqdim etib, ularning asosiy maqsadlari, innovatsion yechimlari, amaliy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — istiqbolli startap loyihalarni aniqlash, ularning salohiyatini baholash hamda UWED Startup Incubatsion Dasturi 2026 uchun munosib loyihalarni saralashdan iborat bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv talabalarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, universitetda startap muhitini rivojlantirish va yangi g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
| Sana: | 15.10.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 33 |
| Ulashish: |




