JIDUda Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti (Shanghai International Studies University, SISU) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar JIDU va SISU o‘rtasidagi akademik hamda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

    SISU vakillari universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasidagi yutuqlari hamda xalqaro hamkorlik tajribasi haqida ma’lumot berib, JIDU bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga katta qiziqish bildirdilar. O‘z navbatida, JIDU vakillari universitetning xalqaro hamkorlikdagi ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy ta’lim dasturlari hamda ilmiy faoliyati haqida taqdimot o‘tkazdilar.

    Muzokaralar chog‘ida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, shuningdek, ikki universitetning ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida JIDU Executive Education markazi tomonidan kasbiy rivojlantirish va korporativ ta’lim dasturlarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi hamda mazkur yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Mazkur uchrashuv JIDU va SISU o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.