
Xalqaro huquq fakultetida yangi o‘quv yilining ilk ilmiy-metodologik seminari o‘tkazildi
Xalqaro huquq fakultetida yangi o‘quv yilining ilk ilmiy-metodologik seminari o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk ilmiy-metodologik seminari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Seminar davomida Xalqaro huquq fakulteti dekani, yuridik fanlari nomzodi, dotsent Serikbek Muratayev “Tabiiy va pozitiv huquq nazariyalarining nisbati” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi.
Ma’ruzada tabiiy va pozitiv huquq nazariyalarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning zamonaviy huquqiy tafakkurdagi o‘rni hamda amaliy ahamiyati ilmiy-metodologik yondashuv asosida tahlil qilindi.
Shuningdek, Davlat va huquq nazariyasi, Davlat va huquq tarixi, Konstitutsiyaviy huquq hamda Ma’muriy huquq fanlariga oid dolzarb ilmiy qarashlar va nazariy xulosalar professor-o‘qituvchilar ishtirokida muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr almashib, ilmiy-metodologik yondashuvlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalarini bildirdilar.



