JIDUda Markaziy Osiyoning transport salohiyatiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

JIDUda Markaziy Osiyoning transport salohiyatiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Markaziy Osiyoning transport salohiyatiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Markaziy Osiyoning transport salohiyatiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetida nazariy tayyorgarlik va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni izchil uyg‘unlashtirish doirasida, “Markaziy Osiyoshuunoslik” o‘quv fanidan bo‘lajak bakalavrlar oldida Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Strategik bog‘liqlik markazi rahbari Nargiza Umarova ma’ruza qildi.

    Transport o‘zaro bog‘liqligining rivojlanish dinamikasiga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar so‘nggi yillarda mintaqa ichidagi savdo hajmi va yuk tashishlar sezilarli darajada oshganini, bunga temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining tiklanishi hamda yangi xalqaro transport yo‘laklarining ishga tushirilishi xizmat qilganini bilib oldilar. Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagi, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li va Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi kabi loyihalar ko‘rib chiqildi, ular ochiq dengizlarga chiqish imkonini ta’minlaydi.

    Xulosa qismida Nargiza Umarova bir qator muhim fikrlarni ilgari surib, sezilarli yutuqlarga qaramay, mintaqa infratuzilmaning notekis rivojlanishi, investitsiyalar yetishmasligi, shuningdek tarif va institutsional to‘siqlar bilan duch kelayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan qonunchilikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish hamda logistika sohasiga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi.

    Ma’ruza talabalar bilan jonli va qiziqarli muloqot tarzida, an’anaviy “ustoz–shogird” shaklida o‘tkazildi, bu esa nafaqat bilimlarni chuqurlashtirish, balki Markaziy Osiyoda kechayotgan dolzarb jarayonlarni amaliy jihatdan tushunishga xizmat qildi.