
Yaponiya siyosiy antropologiyasi: diplomat talabalarga noyob tajriba bilan o‘rtoqlashdi
Yaponiya siyosiy antropologiyasi: diplomat talabalarga noyob tajriba bilan o‘rtoqlashdi

2025-yilning 21-oktabr kuni “Siyosiy antropologiya” fani doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligining taklif etilgan mutaxassisi, tarix fanlari nomzodi S. S. Azizov Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun ma’ruza o‘qidi.
Ma’ruzachi Yaponiya xalqining antropologik shakllanishi, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi tarixiy munosabatlar, xususan, Buyuk Ipak yo‘lining o‘rni, hamda Yaponiya va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hozirgi aloqalar holati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Yapon madaniyatining mamlakat siyosiy rahbariyatiga ta’siri va Yaponiyadagi diplomatik xizmatning o‘ziga xos jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular tomonidan ko‘plab mazmunli savollar berildi. Uchrashuv yakunida Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga ta’lim dasturlari doirasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi faol hamkorligi uchun minnatdorlik bildirildi.
| Sana: | 21.10.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 75 |
| Ulashish: |




