JIDU rahbariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi

JIDU rahbariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi

    JIDU rahbariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi

    JIDU rahbariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF–143-sonli “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ–330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.

    Mazkur vazifalar ijrosi doirasida 2026-yil 11-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O. Yusupdjanov universitetga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida fuqarolarning yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, oilaviy vaziyati hamda ularni qiynayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Xonadon egalari bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, daromad manbalari, salomatligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.

    Xususan, To‘rtariq ko‘chasida istiqomat qiluvchi va nafaqa hisobidan kun kechirayotgan fuqaroning holati, Orol ko‘chasidagi xonadonda yashovchi oilaning ijtimoiy vaziyati, shuningdek, Parkent ko‘chasida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi.

    Fuqarolarga davlat tomonidan yaratilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish tartibi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

    Tashrif davomida yakka yashovchi, II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning holatiga alohida e’tibor qaratildi. Uning salomatligi va yashash sharoiti o‘rganilib, tibbiy xizmatlardan samarali foydalanish hamda zarur davolanish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Mazkur masala yuzasidan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, fuqaroga ko‘rsatiladigan yordamni muvofiqlashtirish va vaziyatni doimiy nazoratga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Tashrif yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar umumlashtirildi. Aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘lamini kengaytirish hamda universitet va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, aholini, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.