
JIDU talabalari Italiyada yozgi til kurslarida ishtirok etmoqda
JIDU talabalari Italiyada yozgi til kurslarida ishtirok etmoqda

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-kurs talabalari Italiyaning Arezzo shahridagi RP Languages til o‘qitish markazi bilan hamkorlik doirasida imzolangan shartnomaga asosan yozgi o‘quv amaliyotini o‘tamoqdalar.
Mazkur xalqaro ta’lim dasturida universitetimizning 11 nafar faol talabasi ishtirok etmoqda. Ularga Yevropa va turkiy tillar kafedrasining malakali o‘qituvchilari — Holida Imamova, Umeda Sultanova va Muborak Madraximova hamrohlik qilmoqda.
Dastur davomida talabalar chet tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, xalqaro akademik muhitda tajriba orttirish hamda Italiya madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Shuningdek, ular o‘quv mashg‘ulotlari bilan bir qatorda Italiyaning qadimiy shaharlari va boy madaniy merosi bilan ham tanishmoqdalar.
Ushbu yozgi o‘quv amaliyoti talabalarning til kompetensiyalarini rivojlantirish, xalqaro muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda madaniyatlararo almashinuv tajribasini boyitishga xizmat qiladi.




