JIDU vakili jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan ilmiy seminarda ma’ruza qildi

    2026-yil 6-iyul kuni Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlari qo‘mondonligida ilmiy seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muslimbek Alijonov “Turkistonda jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

    Ma’ruzada XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiston hududida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, jadidchilik harakatining shakllanish omillari hamda uning milliy uyg‘onish tarixidagi o‘rni keng yoritib berildi.

    Shuningdek, jadidlarning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, yangi usul maktablarini tashkil etish, milliy matbuotni rivojlantirish va jamiyatni modernizatsiya qilish borasidagi faoliyati tarixiy manbalar asosida tahlil qilindi.

    Ma’ruza davomida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Obidjon Mahmudov, Abdurauf Fitrat kabi jadid namoyandalarining ma’rifatparvarlik faoliyati, ularning milliy taraqqiyot va istiqlol g‘oyalarini shakllantirishdagi o‘rni haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

    Tadbir yakunida tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni anglash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bunday ma’rifiy uchrashuvlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.