JIDU prorektori rahbarligidagi maqola nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi

JIDU prorektori rahbarligidagi maqola nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi

    JIDU prorektori rahbarligidagi maqola nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi

    JIDU prorektori rahbarligidagi maqola nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Timur Dadabayev rahbarligida amalga oshirilayotgan UWED/IAS “Markaziy Osiyodan Sharqiy Osiyoga migratsiya” loyihasi doirasida navbatdagi muhim ilmiy natijaga erishildi.

    Loyiha doirasida tayyorlangan “Aspirational Migration and Negotiated Belonging: Tajik Women, Faith and Gender in South Korea” nomli ilmiy maqola xalqaro Studies of Transition States and Societies” jurnalida chop etildi.

    Maqolada Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan tojik ayollarining migratsiya tajribasi, gender masalalari, diniy o‘ziga xosligi hamda qabul qiluvchi jamiyatga mansublik hissining shakllanish jarayonlari tahlil qilingan.

    Tadqiqotda migratsiya nafaqat iqtisodiy va mehnat jarayoni, balki ta’lim olish, mustaqillikka erishish, yangi imkoniyatlardan foydalanish hamda kelajakni barpo etishga qaratilgan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida ko‘rib chiqilgan.

    Shuningdek, maqolada tojik ayollarining migratsiya sharoitida o‘z diniy va madaniy qadriyatlarini saqlab qolishi, yangi ijtimoiy muhitga moslashishi hamda o‘ziga xos mansublik tuyg‘usini shakllantirishi bilan bog‘liq jihatlar yoritilgan. Mazkur ilmiy tadqiqot Markaziy Osiyodan Sharqiy Osiyo mamlakatlariga migratsiya, ayollar mobilligi, diniy identiklik, gender munosabatlari va madaniyatlararo moslashuv jarayonlarini o‘rganishga muhim hissa qo‘shadi.

    Maqola Open Access, ya’ni ochiq foydalanish formatida quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://publications.tlulib.ee/index.php/stss/article/view/915/896