
Yangi bosqich sari: JIDU Yuridik klinikasi talabalarining bitiruv marosimi
Yangi bosqich sari: JIDU Yuridik klinikasi talabalarining bitiruv marosimi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro huquq fakultetining Yuridik klinikasida tahsil olgan 4-bosqich talabalarning an’anaviy tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida JIDU Xalqaro huquq fakulteti dekani hamda professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, bitiruvchilarni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabrikladilar.
O‘z nutqlarida ular talabalarning Yuridik klinika faoliyatidagi faolligi va amaliy ko‘nikmalarini alohida e’tirof etib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun qimmatli tavsiyalar hamda ezgu tilaklarini bildirdilar.
Rasmiy qismdan so‘ng, talabalar va ustozlar o‘rtasida samimiy suhbat tarzidagi norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilarga JIDU Yuridik klinikasidagi faoliyati davomida orttirgan bilim va tajribalarini, erishgan yutuqlarini yana bir bor yodga olish hamda ustoz va tengdoshlari bilan unutilmas xotiralarni baham ko‘rish imkonini berdi.
| Sana: | 23.06.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 50 |
| Ulashish: |



