
1-2-kurs talabalari diqqatiga!
1-2-kurs talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq 2026/2027-o‘quv yilida JIDUda ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni boshlandi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ta’lim grantlarini ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ijtimoiy faol talabalar o‘rtasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash hamda qo‘shimcha grant taqdim etish tartibi belgilandi.
Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash hamda qo‘shimcha grantlar taqdim etishda 1- va 2-kursda tahsil olayotgan talabalar talabgor sifatida ishtirok etadi.
Talabgorlar o‘z arizalari bilan joriy yil 20-iyulga qadar my.hemis.uz orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi, qo‘shimcha davlat granti (belgilangan toifadagi talabalar uchun) bo‘yicha esa GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash mezoniga asosan hisoblanadi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning eng ko‘p to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.
Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi.



