
JIDU va Janubiy Koreyaning Kyonggi Universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
JIDU va Janubiy Koreyaning Kyonggi Universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 5-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Kyonggi Universitetida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Kyonggi Universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro Anglashuv memorandumi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda JIDUning O‘zbek va rus tillari kafedrasi mudiri Mehribon Abduraxmanova Kyonggi Universitetining xalqaro bo‘limi vakillari hamda rus tili bo‘yicha yetakchi professorlar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida tomonlar Kyonggi Universitetida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv dasturlari, til ta’limi va metodikasi, shuningdek, rus va o‘zbek tillari bo‘yicha qisqa hamda uzoq muddatli kurslar haqida batafsil ma’lumot almashdilar.
Koreyalik hamkorlar JIDU bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan katta manfaatdor ekanliklarini bildirgan holda, 2026-yilning may oyida O‘zbekistonga, jumladan JIDUga tashrif buyurish niyatlarini ma’lum qildilar.
Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari esdalik sovg‘alari almashdilar. Tadbir do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi hamda tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar.
| Sana: | 08.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 127 |
| Ulashish: |




