JIDU va mahalla yoshlari o‘rtasida ta’limiy muloqot tashkil etildi

JIDU va mahalla yoshlari o‘rtasida ta’limiy muloqot tashkil etildi

    JIDU va mahalla yoshlari o‘rtasida ta’limiy muloqot tashkil etildi

    JIDU va mahalla yoshlari o‘rtasida ta’limiy muloqot tashkil etildi

    “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Siyosatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Lider qizlar” klubi a’zolari tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yangi Olmachi” mahallasida “Mahallamiz yoshlari — kelajak diplomatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va kasbga yo‘naltiruvchi uchrashuv tashkil etildi.

    Mazkur tadbirning asosiy maqsadi mahalla yoshlarining oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kelajak kasbini ongli ravishda tanlashga yo‘naltirish, xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohalari haqida kengroq tasavvur hosil qilish, shuningdek, yoshlarning intellektual va kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

    Uchrashuvda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, mustaqil fikrlashi, liderlik fazilatlarini shakllantirishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi hamda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekani ta’kidlandi. Ayniqsa, diplomatiya, xalqaro munosabatlar va davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan yoshlar uchun zarur bo‘lgan bilim, mas’uliyat, muloqot madaniyati va xorijiy tillarni puxta egallash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Mazkur tadbir yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni o‘z ustida muntazam ishlashga rag‘batlantirish, kasbiy maqsadlarini aniq belgilashga ko‘maklashish hamda mahalla va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.