JIDU rektori Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

JIDU rektori Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

    JIDU rektori Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

    JIDU rektori Malayziyaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Malayziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilham Tua bin Illias bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

    Keyingi yillarda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyaviy hamkorlik, taʼlim, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik izchil kengayib borayotgani taʼkidlandi.

    Oʻzaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish va parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.