JIDU professor-o‘qituvchilari “Oila–Mahalla–Ta’lim muassasasi” hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

JIDU professor-o‘qituvchilari “Oila–Mahalla–Ta’lim muassasasi” hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU professor-o‘qituvchilari “Oila–Mahalla–Ta’lim muassasasi” hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU professor-o‘qituvchilari “Oila–Mahalla–Ta’lim muassasasi” hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

    Joriy yilning 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchilari A.T. Bo‘riyev, M.N. Esonturdiyev va dotsent I.Q. Yarashov “Yangi Avayxon” mahallasi rahbari O.X. Alovov hamda yoshlar bandligi masalalari bo‘yicha yordamchilari ishtirokida uchrashuv (suhbat) tashkil etdi.

    Uchrashuvda ta’lim jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati muhokama qilinib, amaldagi tizim tahlil qilindi. Xususan, ota-onalar bilan yig‘ilishlarni yo‘lga qo‘yish, onlayn monitoring mexanizmlaridan foydalanish va ota-onalarning talaba/ta’lim oluvchilarning yutuqlariga e’tiborini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalla kengashining ta’lim jarayonida ishtiroki hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari qayd etildi.

    Mavjud muammolar sifatida axborot almashinuvi yetarli emasligi, ota-onalar va ta’lim oluvchilar faolligining pastligi tilga olindi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi: ota-onalar bilan davra suhbatlari va muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ota-onalarning tarbiyadagi roli va mas’uliyatini mustahkamlashga ko‘maklashish, ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalarni xabardor qilib borish, mahalla oqsoqoli–tyutor–ta’lim oluvchi o‘rtasida doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Taklif etilgan choralarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va doimiy monitoring o‘rnatish rejalashtirildi.

    Mazkur tashabbus hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim jarayonida inklyuziv yondashuvni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy barqarorlikka hissa qo‘shish orqali BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG/ЦУР) ruhiga mos keladi.