JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi

JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi

    JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi

    JIDU professor-o‘qituvchilari tomonidan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi

    Bugungi kunda ta’lim jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Ularning samarali aloqalari yosh avlodning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida, sog‘lom jamiyat barpo etilishida katta ahamiyatga ega.

    Joriy yilning 2 iyun sanasida Yevropa va turkiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Xodjayeva Xurshida, Xayrullayeva Nargiza hamda Sodiqova Mahbuba tomonidan JIDU otaliqqa olgan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbiri tashkil etildi.

    Mazkur xayriya tadbiri “Oila–mahalla–ta’lim muassasasi” hamkorligini yanada mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.
    Tadbir davomida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda pul mablag‘lari ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatildi. Ushbu tashabbus o‘qituvchilarning ijtimoiy mas’uliyati, insonparvarlik fazilatlari va mahalla hayotidagi faol ishtirokining amaliy ifodasi bo‘ldi.

    “Olmachi” MFY vakillari hamda yordam olgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibor va amaliy ko‘mak uchun Yevropa va turkiy tillar kafedrasi o‘qituvchilariga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Bunday ezgu ishlar mahalla aholisi bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

    Ushbu hayriya tadbiri 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va barcha insonlarning tinchlik hamda farovonlikda yashashini ta’minlashga qaratilgan 17 ta global maqsadlarning,   Qashshoqlikka barham berish (SDG 1), hamda,  Ochlikni tugatish (SDG 2) yo‘nalishlariga qaratildi. Ta’kidlash joizki, xayriya va mehr-muruvvat tadbirlari jamiyatda o‘zaro yordam, ijtimoiy birdamlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.