
JIDU dotsenti O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi
JIDU dotsenti O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi

Joriy yilning 25-may kuni Parlament tadqiqotlari institutida “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur davra suhbatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Israilova Zarina Sadriddinovna ham ishtirok etib, qonun loyihasining ayrim konstitutsiyaviy-huquqiy jihatlari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
Tadbir davomida qonun loyihasining huquqiy asoslari, uning mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirishdagi ahamiyati hamda xalqaro moliyaviy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.




