Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari diqqatiga!

Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari diqqatiga!

    Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari diqqatiga!

    Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari diqqatiga!

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti «Iqtisodiyotda miqdoriy usullar va ma’lumotlar tahlili» kafedrasi qoshidagi «Yosh tahlilchilar» klubi 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘z mashg‘ulotlarini boshlaydi!

    Eslatma: O‘tgan 2025/2026-o‘quv yilida klub a’zolari nufuzli xalqaro olimpiadalarda (OMOUS-2026 da 4 ta oltin va 2 ta kumush medal, Siberian Math Contest, RUDN Math Olymp, NCUMC) jami 21 ta individual sovrin hamda 1 ta jamoaviy medalni qo‘lga kiritib, respublika OAVlarida keng e’tirof etildilar!

     Klubning asosiy maqsad va yo‘nalishlari:

    · Kafedra fanlari: «Hisoblash» (Calculus), «Iqtisodiyotda miqdoriy usullar», «Ehtimollik va statistika» bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim berish;

    ·      Talabalarni nufuzli xalqaro (IMC, OMOUS, RUDN Math Olymp, NCUMC) hamda respublika fan olimpiadalariga tizimli tayyorlash;

    ·       Nostandart masalalar yechimi, oylik sinov olimpiadalari (Mock contest/test) hamda amaliy tahliliy masalalar ustida ishlash;

    ·       Matematik hisoblash, modellashtirish va formulalar bilan ishlash dasturlari (Maple, MathType, GeoGebra va Excel) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

    Mashg‘ulotlar vaqti: Har payshanba kunlari, soat 10:00 dan 11:00 gacha
    Manzil: Bosh bino, bo‘sh auditoriyalarda (aniq auditoriya har mashg‘ulot oldidan klub kanalida e’lon qilinadi)

    Analitik tafakkur, mantiqiy fikrlash va amaliy hisoblash ko‘nikmalarini oshirmoqchi bo‘lgan barcha 1–3-bosqich talabalarini jamoamizga taklif etamiz!

    Murojaat va aloqa uchun:
    • Kafedra: «Iqtisodiyotda miqdoriy usullar va ma’lumotlar tahlili» kafedrasi (B bino, 701-xona)
    • Klub ilmiy rahbari: Kafedra mudiri, f.-m.f.d., professor Raimova Gulnora Mirvaliyevna
    • Klub tashkilotchi-rahbari: Kafedra katta o‘qituvchisi Turdiyev Shodmon Ro‘zimurotovich
    • Telefon: +998 91 132 22 44