
JIDUda “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
JIDUda “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 20-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlangan, yoshlarning qiziqish va xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yangi tashabbuslar hamda innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar dasturining 75-bandiga muvofiq “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirning bosh maqsadi — talaba-yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, diniy sabr-toqat va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bo’ldi.
Tadbirda mehmon sifatida jamiyatimizda munosib o‘ringa ega bo‘lgan ziyolilar ishtirok etdilar. Jumladan, O. Bekmurodova – shoira, jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, Yashnobod tumani hokimi maslahatchisi. U kishi o‘z chiqishlarida ma’naviyat, ayol siymosi, yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlarning badiiy talqini haqida so‘z yuritdi. I. Xayitov – tarix fanlari doktori, professor, Respublika Ma’naviyat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi. Professor tomonidan O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan bag‘rikenglik an’analari, turli millat va elatlar o‘rtasidagi totuvlikning tarixiy ildizlari hamda uning bugungi taraqqiyotdagi o‘rnini yoritib berdi.
Tadbir doirasida ochiq muloqot, savol-javoblar, ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar hamda yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Bu esa talabalarning erkin fikr bildirish, o‘z qarashlarini asoslash va jamiyatdagi muhim jarayonlarga nisbatan faol pozitsiya shakllantirishiga xizmat qildi.



