JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi

JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi

    JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi

    JIDU talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi

    Joriy yilning 22-may kuni Siyosatshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari S.V. Nasimov va N. Kushayeva tomonidan “Qiyosiy siyosatshunoslik” fanining sillabusidagi 15-mavzu — “O‘zbekiston Respublikasi siyosiy tizimi” doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida sayyor dars tashkil etildi.

    Sayyor dars davomida talabalar mamlakatimizning oliy qonun chiqaruvchi organi faoliyati, parlament tizimining o‘ziga xos jihatlari hamda qonun ijodkorligi jarayonining asosiy bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Turli siyosiy partiyalar vakillari bo‘lgan deputatlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv talabalarda alohida qiziqish uyg‘otdi va ularga Oliy Majlis faoliyatining amaliy jihatlari haqida kengroq tasavvur hosil qilish imkonini berdi.

    Tadbir ochiq va mazmunli muloqot shaklida o‘tdi. Uchrashuv davomida parlament faoliyati, siyosiy partiyalarning mamlakat siyosiy tizimidagi o‘rni, qonun loyihalarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish jarayonlari hamda siyosiy-huquqiy qarorlar qabul qilish mexanizmlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga deputatlar batafsil va mazmunli javoblar berdilar.

    Sayyor dars doirasida talabalar Qonunchilik palatasining ayrim diqqatga sazovor maskanlari, jumladan, Oliy Majlis tarixi aks etgan muzey, parlament kutubxonasi hamda qonunlar muhokama qilinadigan va qabul qilinadigan katta majlislar zali bilan yaqindan tanishdilar.

    Mazkur sayyor dars talabalarning “Qiyosiy siyosatshunoslik” fani doirasida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi siyosiy institutlarining amaliy faoliyati bilan bog‘lashga xizmat qildi. Bunday tadbirlar bo‘lajak mutaxassislarning tahliliy fikrlashi, amaliy bilimlari va fuqarolik faolligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.