JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari TXTY-2025 yarmarkasiga amaliy tashrifni amalga oshirdi

JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari TXTY-2025 yarmarkasiga amaliy tashrifni amalga oshirdi

    JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari TXTY-2025 yarmarkasiga amaliy tashrifni amalga oshirdi

    JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari TXTY-2025 yarmarkasiga amaliy tashrifni amalga oshirdi

    2025-yil 27-noyabr kuni JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari hamda “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi 2-3-kurs hamda Jahon iqtisodiyoti yo’nalishi birinchi kurs magistratura talabalari “Mikroiqtisodiyot”, “Xalqaro savdo modellari” fanlaridan amaliy mashg‘ulot sifatida TXTY-2025 yarmarkasiga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif nafaqat real bozor mexanizmlarini o‘rganish, balki BRM (SDG) metrikalariga mos keluvchi ta’lim, iqtisodiy o‘sish, innovatsiya va mas’uliyatli iste'mol tamoyillarini amalda kuzatish imkonini yaratdi.

    Markaziy Osiyodagi eng yirik turizm yarmarkasi bo‘lgan TXTY-2025 talabalarga turizm bozorining iqtisodiy asoslarini – talab va taklif, narx mexanizmi, raqobat muhiti, xizmatlar sektorining iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi kabi jarayonlarni bevosita o‘rganish imkonini berdi.

    Tashrif BRM metrikalari bilan bevosita uyg‘unlashdi: u talabalarda amaliy tahlil va bozor jarayonlarini kuzatish ko‘nikmalarini shakllantirib, sifatli ta’limga oid BRM 4 maqsadlariga hissa qo‘shdi; turizmning iqtisodiy o‘sish, xizmatlar eksporti va kichik va o’rta biznes subyektlari ishtirokidagi o‘rnini namoyish etib, BRM 8 bilan bog‘liq barqaror iqtisodiy o‘sish tamoyillarini yoritdi; aviatsiya, logistika va MICE turizmidagi innovatsion yechimlar orqali infratuzilma va innovatsiyalarni rivojlantirishga oid BRM 9 maqsadlarini amalda ko‘rsatdi; ekologik yo‘nalishlar va barqaror turizm amaliyotlarini kuzatish esa BRM 12 – mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish tamoyillarining real namunasiga aylandi.Tashrif davomida talabalar turizm, aviatsiya, mehmonxona xo‘jaligi, transport va hunarmandchilik sohalari vakillarining faoliyati bilan tanishib, turizmning iqtisodiy multiplikator effekti, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi roli va iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasini tahlil qildilar.

    Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat nazariya va amaliyot integratsiyasining yorqin namunasi, balki iqtisodiy tahlilning BRM metrikalariga qanday bog‘lanishini real hayotda ko‘rsatib bergan muhim o‘quv jarayoni bo‘ldi.