Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

    Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

    Ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lganlar uchun muhim yangilik!

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilik institutiga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

    Ixtisoslik shifrlari va nomi

    Kvota

    1.

    08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti

    PhD - 5 kvota, stajyor-tadqiqotchi - 1 kvota

    2.

    08.00.13 – Menejment

     

    PhD - 2 kvota

    3.

    12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi

    PhD - 2 kvota

    4.

    12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Mamuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

    PhD - 2 kvota

    5.

    12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

    PhD - 2 kvota

    6.

    12.00.10 – Xalqaro huquq.

    PhD - 2 kvota, DSc - 1 kvota, stajyor-tadqiqotchi - 1 kvota

    7.

    23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari

    PhD - 3 kvota, DSc - 1 kvota, stajyor-tadqiqotchi - 1 kvota

     

    Ilmiy-tadqiqot mavzularini quyidagi ustuvor tadqiqot yo‘nalishlardan kelib chiqib belgilash tavsiya etiladi:  

    1. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi;
    2. Raqamli transformatsiya va texnologik innovatsiyalar
    ;
    3. Yashil iqtisodiyot va barqarorlik
    ;
    4. Ta’minot zanjirining mustahkamligi va qayta tashkil etish masalalari
    ;
    5. Geosiyosiy noaniqlik va savdo dinamikasi
    ;
    6. Demografik o‘zgarishlar va mehnat bozori
    .

    Talabgorlar 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabr kuniga qadar https://daraja.ilmiy.uz/  veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.


    Talab etiladigan hujjatlar va ularni topshirish tartibi bo‘yicha batafsil https://lex.uz/docs/3213407 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

    Tayanch doktorantura (PhD), doktoranturaga (DSc) hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar til sertifikatiga ega bo‘lishlari kerak.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
    Toshkent sh., Mustaqillik shoh koʻchasi, 54-uy, JIDU, Oliy ta’limdan keying ta’lim ofisi.
    Tel.: (998 71) 267-67-69, (+998 90) 817-60-84, (+998 90) 989-38-68

    Telegram: @uwed_official