
JIDUda “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari: xalqaro ekologik muammolar va huquqiy yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
JIDUda “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari: xalqaro ekologik muammolar va huquqiy yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

2026-yilning 24-aprel kuni JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi tomonidan “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari: xalqaro ekologik muammolar va huquqiy yechimlar” mazusida ananaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyaning maqsadi global ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan samarali xalqaro-huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish, zamonaviy ekologik huquqning nazariy va institutsional asoslarini shakllantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida asosiy deklarativ hujjatlarni qabul qilish yuzasidan ilmiy asoslangan xalqaro-huquqiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasida xalqaro huquqni mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy normativ-uslubiy konsepsiyalar, ilg‘or ilmiy yondashuvlar va dolzarb tendensiyalar yuzasidan fikr almashish, kasbiy tajriba va ilmiy bilimlarni integratsiyalashga qaratildi.
Konferensiyada Mongoliya, Qozog‘iston, Rossiya, Kanadaning oliy ta’lim muassasasi vakillari va ekspertlari ishtirok etishdi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan Global va mintaqaviy miqyosdagi ekologik muammolarni hal qilinishida parlament diplomatiyasining ahamiyati, hozirgi zamon xalqaro huquqida Orol dengizi masalasi, BMTning ixtisoslashgan tashkiloti FAO misolida oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorligi, Qozog‘iston amaliyoti misolida atrof-muhitga oid axborotga kirish huquqi va inson huquqlari, sun’iy intellekt va qayta tiklanadigan energiya manbalari, havo ifloslanishining sog'liqni saqlash huquqini amalga oshirishga ta'siri: Xalqaro huquqiy himoya mexanizmlari, “Yashil” va “Raqamli” korrupsiya, atrof-muhitni simob ta’siridan xalqaro-huquqiy himoya qilish mavzulari muhokama qilindi.
Konferensiya moderatori JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori N.A.Nugmanov ekologiya sohasidagi xalqaro va milliy huquqiy institutlarni (qonunchilikni) takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish; ilmiy hamjamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish; xalqaro ekologik huquqning aniq tamoyillarini va ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalarini tizimlashtirish va kodifikatsiya qilish jarayonlarini ilmiy muhokama qilish masalalariga to‘xtalib o‘tdi, shuningdek, Professor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, janobi oliylari, Shavkat Mirziyoyevning 2026-yilning 22-apreldagi Mintaqaviy ekologik sammitdagi “Markaziy Osiyo yashil savdo yoʻlagi”ni shakllantirish, biologik xilma-xillikni saqlash uchun “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni ishlab chiqish, 2027-yilda Oʻzbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini oʻtkazish kabi tashabbuslari alohida e’tirof etilib, “Markaziy Osiyo ekologik birdamligi” deklaratsiyasi, BMT tuzilmalari bilan yaqin sheriklikda amalga oshiriladigan, 2030-yilgacha moʻljallangan Harakatlar dasturining qabul qilinishida O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki davlatimizni ekologiy asohasidagi yana bir yutug‘i ekanligi ta’kidlandi.
Kaferda dotsenti V.I.Toshmatova insonning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqini xalqaro huquqiy ta’minlashda huquqiy muammolarga yechim topish zaruriyati mavjudligini alohida ta’kidlab, havo ifloslanishining sog‘liqni saqlash huquqini amalga oshirishga ta’siri batafsil yoritib berildi.
JIDU tayanch doktoranti V.N.Sayfullayeva tomonidan ekologiya sohasida zamonaviy xalqaro huquqiy muammolarni hal qilishning innovatsion yondashuvlarining kompleks tahlili va sun’iy intellektning atrof-muhit axborot xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha fundamental ilmiy tadqiqotlarga asoslangan takliflar taqdim etildi.
JIDU tayanch doktoranti I.Babayeva tomonidan Xalqaro huquq doirasida iqlim kun tartibini tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi mavzusida taqdim qilinib, O‘zbekiston Respublikasining ekologiya sohasidagi tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Konferensiya yakunida “Sarbon” universiteti talabalari tomonidan berilgan dolzarb muammolarga ba‘g‘ishlangan savollarga javob berilib, konferensiya kelajakda ilmiy fikrlarni birlashtiruvchi ekologik platforma bo‘lib xizmat qiladi.




