JIDUda “Mustaqillik soati” doirasida targ‘ibot-trening o‘tkazildi

JIDUda “Mustaqillik soati” doirasida targ‘ibot-trening o‘tkazildi

    JIDUda “Mustaqillik soati” doirasida targ‘ibot-trening o‘tkazildi

    JIDUda “Mustaqillik soati” doirasida targ‘ibot-trening o‘tkazildi

    Joriy yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mustaqillik soati”larni tashkil etish yuzasidan targ‘ibot-trening tashkil etildi.

    Mazkur tadbirda Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti dotsenti, falsafa fanlari doktori, shoira Sh.Ahrorova asosiy spiker sifatida ishtirok etib, mamlakatimizda mustaqillikni mustahkamlash, uning tarixiy va ma’naviy ahamiyatini yoritish, shuningdek, bugungi islohotlar jarayonida uning strategik o‘rni haqida atroflicha ma’ruza qildi.

    Ta’kidlanganidek, mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ qadriyati, davlatimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. Uning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, ayniqsa, yosh avlod ongida vatanparvarlik, milliy g‘urur va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish dolzarb vazifalardan biridir. Shu nuqtayi nazardan, “Mustaqillik soati” tadbirlarini tashkil etishda mazmunan boy, ta’sirchan va tarbiyaviy ahamiyatga ega yondashuvlarni qo‘llash muhimligi qayd etildi.

    Shuningdek, ma’ruza davomida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, urf-odat va an’analarni yoshlar ongiga singdirish, ularni yuksak ma’naviyatli, faol va tashabbuskor qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillik g‘oyasini keng targ‘ib qilish orqali jamiyatda birlik, hamjihatlik va umumiy maqsadlar sari intilishni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

    Tadbir ishtirokchilariga ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar mazmunini boyitish, shuningdek, yoshlar bilan individual va tizimli ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

    Trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir konstruktiv muloqot, o‘zaro tajriba almashinuvi va amaliy takliflarga boy ruhda o‘tdi.