
JIDU Yuridik klinikada fuqarolik da’vosi bo‘yicha o‘quv namunaviy sud jarayoni bo‘lib o‘tdi
JIDU Yuridik klinikada fuqarolik da’vosi bo‘yicha o‘quv namunaviy sud jarayoni bo‘lib o‘tdi

16-may kuni Yuridik klinikada JIDU Xalqaro huquq yo‘nalishi 2-bosqich talabalari tomonidan tashkil etilgan fuqarolik da’vosi bo‘yicha o‘quv namunaviy sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining amaldagi sudyasi - Alisher Komarov raislik qiluvchi sudya sifatida ishtirok etdi.
Namuna sud jarayonida talabalar da’vogar va javobgar rollarida ishtirok etib, da’vo arizalari, e’tirozlar va dalillarni taqdim etdilar hamda sud muzokaralarida qatnashdilar. Ish fuqarolik va delikt huquqi normalari asosida, taraflarning tengligi va tortishuv prinsiplari hamda amaldagi sud amaliyoti hisobga olingan holda ko‘rib chiqildi.
Ushbu tadbir talabalarining amaliy yuridik ko‘nikmalarini rivojlantirish, huquqiy fikrlashni shakllantirish va fuqarolik protsessi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan.



