JIDUda sud haqiqatini o‘rnatishning amaliy muammolari muhokama qilindi

JIDUda sud haqiqatini o‘rnatishning amaliy muammolari muhokama qilindi

    JIDUda sud haqiqatini o‘rnatishning amaliy muammolari muhokama qilindi

    JIDUda sud haqiqatini o‘rnatishning amaliy muammolari muhokama qilindi

    Joriy yilning 15-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Soliyev tashabbusi bilan “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun “Birinchi instansiya sudi tomonidan haqiqatni aniqlash jarayonida yuzaga keluvchi amaliy muammolar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Tadbirda mutaxassis sifatida Jinoyat ishlari boyicha Uchtepa tuman sudi tergov sudyasi Sodiqov Xurshid Abdisamad ogli bugungi kunda sud-huquq tizimini isloh qilish jarayonida birinchi instansiya sudlari faoliyatida haqiqatni aniqlash masalasi dolzarbligi yuzasidan nutq sozladi.

    Uchrashuv davomida mutaxassis tomonidan talabalarga bilan birinchi instansiya sudi tomonidan haqiqatni aniqlash jarayonida yuzaga kelayotgan amaliy muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda mavjud huquqiy mexanizmlarning samaradorligi yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Xususan, dalillarni to‘plash va baholashdagi qiyinchiliklar, sudning faol ishtiroki chegaralari, taraflarning protsessual faolligi, shuningdek, sud tomonidan tashabbus ko‘rsatish masalasidagi yondashuvlar muhokama markazida bo‘ldi. Shuningdek, protsessual qonunchilikda haqiqatni aniqlash prinsipining mazmuni, sudning tashabbuskorligi va betarafligi o‘rtasidagi muvozanat, dalillarni baholashda asoslantirish majburiyatining ahamiyati alohida qayd etildi.

    Mutaxassis bilan bevosita muloqotda talabalar sudning haqiqatni aniqlashdagi roli, dalillarni yetarli darajada tekshirish, tegishli protsessual qarorlar qabul qilish, fuqarolar va tadbirkorlik faoliyati subyektlarining sudga bo‘lgan ishonchini oshirish zaruriyati yuzasidan savol berishdi. Ushbu mahorat darsida birinchi instansiya sudlarida haqiqatni aniqlash mexanizmlarini kuchaytirish sud adolatini ta’minlashning muhim sharti ekanini ta’kidlandi.

    Mutaxassis tomonidan sud bilan oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida mazkur ko‘rinishdagi hamkorlik ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qilib, talabalarda amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.