Bazaviy va tabaqalashtirilgan (super) kontrakt o‘rtasidagi farq nimada?

    Ijtimoiy tarmoqlarda universitetdagi toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan (super) kontrakt miqdorlari yuzasidan tarqalgan maʼlumotlar va noaniq talqinlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

    Universitetda oʻqitish qiymati va toʻlov-kontrakt miqdorlari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda belgilangan mezonlar asosida shakllantiriladi.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarda standard toʻlov-kontrakt summasi va tabaqalashtirilgan (super) kontrakt qiymatlari bir-biri bilan almashtirilib, notoʻgʻri va chalgʻituvchi maʼlumotlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. Tabaqalashtirilgan (super) kontrakt — bu kirish imtihonlarida yetarli ball toʻplay olmagan, lekin oshirilgan toʻlov evaziga oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun alohida qoʻllaniladigan tartib boʻlib, u bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan tubdan farq qiladi.

    Universitet axborot shaffofligi hamda ochiqlik tamoyillariga sodiq qolgan holda, barcha moliyaviy va akademik masalalarda faqat rasmiy manbalarga tayanishni hamda tasdiqlangan rasmiy maʼlumotlardan foydalanishni tavsiya etadi.