
JIDU talabalari xalqaro maydonda yuksak natijalarni qayd etmoqda
JIDU talabalari xalqaro maydonda yuksak natijalarni qayd etmoqda

2026-yil 14–17-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Boğaziçi University tashabbusi bilan tashkil etilgan 45-Xalqaro Sports Fest festivalida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabalari munosib ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli xalqaro sport festivalida dunyoning 25 dan ortiq davlatidan 70 dan ziyod yetakchi universitet jamoalari qatnashdi. Musobaqalarda JIDU sportchi talabalari badminton va stol tennisi yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishdi.
Badminton:
Erkaklar juftligi bahslarida Tuyiyev Jamshid 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Miks juftlik bahslarida Jumanazarova Gulnoza va Tuyiyev Jamshid 1-o‘rinni egalladi.
Stol tennisi:
Miks juftlik bahslarida Ganieva Mohitabon faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
JIDU talabalari xalqaro sport maydonida universitetimiz va mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, yurtimiz yoshlarining salohiyati va iqtidorini namoyon etmoqda. Universitet delegatsiyasiga Ernazarova Feruza rahbarlik qildi.



