Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari “Milliy madaniy markazlar pavilyoni”ga tashrif buyurdilar

    2026-yil 15-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar hamda Xalqaro huquq fakultetlari talabalari “Milliy madaniy markazlar pavilyoni”ga tashrif buyurdilar. Tashrif talabalarning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, turli xalqlarning urf-odat va qadriyatlari bilan yaqindan tanishish hamda bag‘rikenglik ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

    Tadbir davomida talabalar O‘zbekiston Arman milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari Georgiy Ashotovich Saakov bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdilar. Muloqot jarayonida Arman xalqining boy madaniy merosi, milliy an’analari, san’ati, O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik muhiti hamda zamonaviy jamiyat hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

    Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, xalqaro hamkorlik, madaniyatlararo muloqot va do‘stona aloqalarning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. Bunday tashriflar yoshlarda ochiq fikrlash, o‘zaro hurmat va global dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Mazkur tashrif Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarning nafaqat akademik bilimlarini, balki ularning ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tashabbuslarning yana bir namunasi bo‘ldi.