
“Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusida master-klass o‘tkazildi
“Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

2026-yilning 21-oktabr kuni Shartnoma-huquq boshqarmasi Ko‘p tomonlama shartnomalar bo‘limi boshlig‘i Murodilla Rixsiboev ishtirokida “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Xalqaro shartnomalar huquqi” fani doirasida “Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusiga bag‘ishlangan master-klass tashkil etildi.
Master-klass davomida xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish, muzokaralar olib borish, shartnoma matnini qabul qilish va autentifikatsiya qilish, shuningdek, shartnomalarni imzolash hamda ratifikatsiya qilish tartib-taomillari haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzish va unga a’zo bo‘lishning amaliy hamda huquqiy jihatlari yuzasidan ilmiy-amaliy tahlillar taqdim etildi.
Murodilla Rixsiboev o‘z ma’ruzasida xalqaro shartnomalarning davlatlararo munosabatlarni tartibga solishdagi muhim o‘rni va tashqi siyosiy hamkorlikni huquqiy mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, talabalarga amaliy misollar asosida ko‘p tomonlama shartnomalar loyihalarini tayyorlashdagi zamonaviy tendensiyalar va amaliyotda uchraydigan o‘ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumot berildi.Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur master-klass talabalarning xalqaro shartnomalar huquqi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliy amaliyot bilan boyitish hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
| Sana: | 21.10.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 18 |
| Ulashish: |



