
Konstitutsiyaviy huquq fani doirasida mahorat darsi o‘tkazildi
Konstitutsiyaviy huquq fani doirasida mahorat darsi o‘tkazildi

2026-yil 6-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va ommaviy huquqiy fanlar kafedrasida konstitutsiyaviy huquq fani doirasida dotsent Israilova Zarina hamda katta o‘qituvchi Soliyev Dilshod tomonidan mazkur mavzuda ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza davomida SDG mazmuni, ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni va zamonaviy rivojlanishdagi ahamiyati keng yoritildi. Shuningdek, prezidentlik institutining konstitutsiyaviy maqomi va uning davlat siyosatini shakllantirishdagi roli tahlil qilindi.
Alohida e’tibor SDG 16 — tinchlik, adolat va samarali institutlar masalasiga qaratildi. Unda prezident davlat boshlig‘i sifatida strategik yo‘nalishlarni belgilashi va davlat organlari faoliyatini uyg‘unlashtirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
Tadbir yakunida mavzuning dolzarbligi va ilmiy-amaliy ahamiyati e’tirof etildi.
| Sana: | 06.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 72 |
| Ulashish: |




