Soliq organi vakili talabalar bilan samarali muloqot o‘tkazdi

Soliq organi vakili talabalar bilan samarali muloqot o‘tkazdi

    Soliq organi vakili talabalar bilan samarali muloqot o‘tkazdi

    Soliq organi vakili talabalar bilan samarali muloqot o‘tkazdi

    Joriy yilning 14-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Mirzo-Ulug‘bek tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida talabalarga soliq tizimi, fuqarolarning soliq majburiyatlari, mavjud imtiyozlar hamda sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

    Tadbirda talabalar faol ishtirok etib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida yoshlarning soliq savodxonligini oshirish borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.