JIDUda Advokatlar palatasi raisi bilan uchrashuv va hamkorlik bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

JIDUda Advokatlar palatasi raisi bilan uchrashuv va hamkorlik bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Advokatlar palatasi raisi bilan uchrashuv va hamkorlik bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Advokatlar palatasi raisi bilan uchrashuv va hamkorlik bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 14-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Shuhrat Sadikov bilan muloqot tashkil etildi.

    Uchrashuvda Xalqaro huquq fakulteti talabalari ishtirok etib, advokatura tizimidagi zamonaviy islohotlar, yuridik sohada faoliyat yuritishning muhim jihatlari, yosh yuristlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

    Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha mutaxassisidan bevosita tavsiya va maslahatlar oldilar. Uchrashuv yoshlarning kasbiy motivatsiyasini oshirish, ularni kelgusidagi yuridik faoliyatga tayyorlash hamda advokatura sohasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

    Shuningdek, Shuhrat Sadikovning universitetga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv bitimi imzolandi.

    Mazkur hamkorlik doirasida Advokatlar palatasi va universitet o‘rtasida yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, talabalarni advokatura sohasiga keng jalb etish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy salohiyatini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

    Imzolangan kelishuv yuridik ta’lim sifatini yanada oshirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda kelajakda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega malakali yuristlarni tayyorlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.