“Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalaridan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlarini aniqlash va jazo tayinlash asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi

    Joriy yilning 28-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Soliyev va o‘qituvchi N.Uzakbayeva tashabbusi bilan  “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun “Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalaridan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlarini aniqlash va jazo tayinlash asoslari” mavzusida Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudyasi D.Choriyeva tomonidan amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

    Ushbu amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarning giyohvandlik jinoyatlari bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga keladigan protsessual va moddiy-huquqiy masalalar yuzasidan bilimlarini chuqurlashtirish, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, dalillarni baholash hamda adolatli jazo tayinlash mexanizmlarini tizimli ravishda anglashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, mashg‘ulot doirasida talabalarga mazkur toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar, shu jumladan, xalqaro standartlar va milliy qonunchilik o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik masalalari ham yoritildi.

    Sudya tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda e’tiborga olinadigan asosiy omillar, xususan, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, shaxsning aybi shakli, jinoyat sodir etilishining holatlari hamda jazoni individuallashtirish prinsiplari atroflicha sharhlab berildi. Shuningdek, jazo tayinlashda adolat, mutanosiblik va insonparvarlik tamoyillarining ustuvor ahamiyati alohida ta’kidlandi.

    Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki real huquqni qo‘llash amaliyoti bilan tanishish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni kuchaytirish imkonini yaratdi.

    Ushbu tadbir Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida, xususan, SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions hamda SDG 4: Quality Education maqsadlariga mos keladi. Mazkur mashg‘ulot orqali talabalar qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish hamda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.