JIDUda talabalar Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarning Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Serdar Cham bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir zamonaviy xalqaro jarayonlar, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda madaniyat, tarixiy meros va gumanitar hamkorlikning o‘rni yuzasidan ochiq muloqot uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi. Uchrashuv davomida Serdar Cham jahon taraqqiyotining dolzarb tendensiyalari borasidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashar ekan, xalqaro munosabatlar kelajagini shakllantirishda madaniy diplomatiya, ta’lim va yoshlar ishtirokining ahamiyatini alohida ta’kidladi.

    Mushtarak tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarga asoslangan O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday uchrashuvlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi akademik va gumanitar aloqalarni kengaytirishga, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

    JIDU talabalari uchrashuvda faol qatnashib, xalqaro siyosat, madaniyat, turizm va global o‘zgarishlarda yoshlarning o‘rni kabi masalalar yuzasidan savollar berdi va fikr almashdi.

    Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda xalqaro akademik muloqotni mustahkamlashga hissa qo‘shadi.