
JIDU vakillari Fransiyaning “Xalqaro birdamlik va ta'lim tashkiloti” tomonidan tashkil etilgan BRM doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishmoqda
JIDU vakillari Fransiyaning “Xalqaro birdamlik va ta'lim tashkiloti” tomonidan tashkil etilgan BRM doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishmoqda

Joriy yilning 24-noyabr kuni, Roman-german tillari kafedrasi mudiri Vasila Mamatkasimova va fransuz tili oʻqituvchisi Gulasal Rofiyeva Fransiyaning A.S.I.E (Xalqaro birdamlik va ta'lim tashkiloti) tomonidan tashkil etilgan BRM doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishmoqda.
Tadbir davomida A.S.I.E va JIDU oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolanib, ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, tashkilot a'zolariga BRM boʻyicha JIDU tomonidan olib borilayotgan faoliyatlar va universitet haqida taqdimot qilindi. Mazkur tashkilot bilan hamkorlikda fransuz tilini oʻrganayotgan talabalar uchun A.S.I.E tomonidan muntazam oʻtkaziladigam BRM boʻyicha faoliyatlarda qisqa muddatli amaliyot tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ma'lumki, joriy yilning iyun oyida JIDU 4-bosqich talabasi Dinara Ishbaeva mazkur tashkilot tomonidan taqdim etilgan Service civique (fuqarolik xizmati) tanlovida gʻolib boʻlgan edi. Ayni paytda D.Ishbaeva A.S.I.E tomonidan tashkil etilayotgan BRM tadbirlarida ekologiya, ochlikka barham berish va tengsizlikni kamaytirish boʻyicha koʻrgazmalar tayyorlamoqda.
Tashrif davomida A.S.I.E ning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yoshlar faolligini ta'minlashga qaratilgan tajribalari oʻrganildi. Fransuz tilini oʻrganuvchi talabalar ishtirokida ekologiya, atrof-muhitni arash, isrofga yoʻl qoʻymaslik, chiqindini kamaytirish va tengsizlikni qisqartirish masalalarida amaliy seminarlar tashkil qilib borishga kelishib olindi.



